"Neftchi" o‘rtoqlik uchrashuvida Polsha klubi bilan durang o‘ynadi, tarkibda yangi nomlar bor

  • 11 yanvar, 2023, 21:31
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Turkiyaning Antalya shahrida yangi mavsumga hozirlik ko‘rayotgan Vitaliy Levchenko bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jamoasi dastlabki o‘rtoqlik-nazorat uchrashuvida Polshaning "Visla" Krakov klubi bilan kuch sinashdi.

Birinchi bo‘lim polshalik futbolchilarning ustunligida o‘tgan bo‘lsa-da, tanaffusga jamoalar 0:0 hisobidagi durang natija bilan yo‘l oldi. Ikkinchi bo‘limda farg‘onaliklar amalga oshirilgan bir qator o‘zgarishlar evaziga o‘yin sur’atini biroz tenglashtirdi. 

"Yo‘lbarslar" quyidagi tarkibda maydonga chiqdi: Misyak, Ubaydullaev, Larin, Mishenko, Batyushin, Adxamzoda,  G‘ulomov, Turopov, To‘xtasinov, Sharkich, Murtazaev. 

Ikkinchi bo‘limda esa asosiy tarkib to‘liq almashtirildi va quyidagi futbolchilar maydonda harakat qildi: Valiev, Tabatadze, Jo‘raboev, Ne’matxonov, Abdullajonov, Olimov, Abdullaev, G‘ofurov, Hoshimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!