"Neftchi" murabbiyi jamoadan ketdi

  • 3 aprel, 2024, 14:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Farg‘onaning "Neftchi" klubida murabbiy o‘zgardi. Aniqrog‘ aytadigan bo‘lsak, jamoani murabbiylar shtabidan bir nafar mutaxassis tark etgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

"2022 yildan buyon "Neftchi"da murabbiy vazifasida ishlab kelgan Vladimir Ejurov Rossiyaga qaytib ketishga qaror qildi. Jamoa rahbariyati uning iltimosiga rozilik berdi. Shu tariqa, Vladimir Ejurov bugun jamoa bilan samimiy xayrlashib, o‘z yurtiga  qaytib ketdi", - deyiladi "Neftchi" klubi matbuot xizmatining xabarida. 

Klub vakillari unga minnatdorchilik bildirishgan. Ejurov bosh murabbiy Vitaliy Levchenko bilan elkama-elka ishlab kelayotgandi. Endi uning o‘rniga boshqa murabbiy taklif qilinadimi? Buni tez orada bilib olamiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Имомали олимов
04/04/2024 15:34
SARKISYANNI CHAQIRISH KERAK