"Neftchi" - "Pro liga - 2021" g‘olibi!

  • 14 oktabr, 2021, 21:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Farg‘onada “Superliga-2022”ning bo‘lajak qatnashchilari – “Neftchi” hamda “Dinamo” jamoalari ishtirokida pro liganing 21-tur bahsi o‘tkazildi.

Tecno

Mazkur uchrashuvda farg‘onaliklar g‘alaba qozongan taqdirda pro liga g‘olibi sifatida Kubok bilan taqdirlanishi lozim edi. Shuning uchun o‘yin harorati juda baland bo‘ldi. Ammo “Dinamo” ham bu safar o‘yinga ancha jiddiy tayyorlangani o‘yin davomida sezilib turdi.

Bellashuvdagi asosiy voqealar ikkinchi bo‘limda yuz berdi. Qizig‘i, bosh hakam samarqandliklar darvozasiga ikki marta penalti belgiladi va bu vazifani Sherzod Karimov har ikkalasida ham bexato amalga oshirdi. “Dinamo”dan yagona gol muallifi Ro‘zim Ahmedov bo‘ldi.

neftchi2

Shu tariqa, “Neftchi” katta qiyinchilik bilan raqibini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va “Pro liga-2021” g‘olibi sifatida taqdirlandi. O‘yindan keyin Farg‘ona viloyati hokim Xayrulla Bozorov Kubokni “Neftchi” sardori Akmal Shorahmedovga topshirdi.

14 oktyabr, juma

«Neftchi» - «Dinamo» - 2:1 (0:0).

Bosh hakam: G‘ayrat Jo‘raev.

«Neftchi»: Akbar To‘raev, Akmal Shorahmedov, Abdulloh Olimov (Izzat Abdullaev, 68), Shavkat Mullajonov, A’zam Aliev, Saydullo Rahmatov, Darko Stanoevich, Aleksandr Eshich, Oybek Qilichev (Sherzod Karimov, 68), Marko Obradovich (Doston Toshmatov, 68), Ulug‘bek Hoshimov (Sardor Abdunabiev, 46).

«Dinamo»: Aslonbek Ahrorov, Dmitro Sidorenko, Shohruh Abdurahmonov, Humoyun Sherbo‘taev, Ro‘zimboy Ahmedov, Obid Jo‘raboev, Jasur Hasanov, Temur Ismoilov, Shokir Yo‘ldoshev (Oleg Marchuk, 62), Muhammadqodir Hamraliev, Sardor Eminov (Islom Sharipov, 62).

Gollar: Sherzod Karimov, 69-pen. - 1:0. Ro‘zimboy Ahmedov, 73 – 1:1. Sherzod Karimov, 90-pen. – 2:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!