
Neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar kubogida navbatdagi bokschimiz ham o‘z jangini o‘tkazdi
Rossiyaning Xanti -Mansiysk shahrida bo‘lib o‘tayotgan neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar kubogida -75 kg vazn toifasida yurtimiz sha’nini himoya qilayotgan Abu Nuranov ham ikkinchi jangini o‘tkazdi. U ozarbayjonlik Mirsharif Qosimzodaga qarshi jang olib borib, uni ishonchli tarzda mag‘lub etdi
Eslatib o‘tamiz: U kecha tunislik Xamer Mazrukka xech qanday imkoniyat qoldirmagan edi.
Fikrlar