
Nazorat o‘yini. "Dinamo" Janubiy Koreya chempioniga mag‘lub bo‘ldi
Samarqandning "Dinamo" jamoasi BAAdagi yig‘in doirasida ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini Janubiy Koreyaning "Ulsan Hyunde" klubiga qarshi o‘tkazdi.
Dubayda o‘tgan uchrashuvning 18-daqiqasida Marko Stanoevichning uzatmasidan keyin Mirjahon Mirahmadov to‘pni Ratinoga etkazdi va u hisobni ochdi – 1:0.
25-daqiqada koreyslar jarima zarbasidan keyin hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 55-daqiqada raqib o‘yinchisi chamasi 35 metrdan gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi – 2:1.
"Dinamo"ning asosiy tarkibi: Ravshanbek Yagudin, Manuchehr Safarov, Oleksandr Kucherenko, Mirjalol Jumaboev, Maqsudxo‘ja A’loxo‘jaev, Ratino, Sanjar Qodirqulov, Marko Stanoevich, Oybek O‘rmonjonov, Firdavs Abdurahmonov, Mirjahon Mirahmadov.
Fikrlar