
"Navbahor"ning rossiyalik legionerlari Namanganga qaytib keldi
Shu bois, qisqa muddatli ta’tilni o‘z vatanida o‘tkazgan “Navbahor”ning rossiyalik legionerlari – himoyachi, shuningdek, jamoamiz sardori Igor Golban, yarim himoyachi Ivan Solovyov va hujumchi Aleksandr Kasyan bugun Namanganga etib kelishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Mazkur futbolchilarni Namangan aeroportida “Navbahor” xodimlari hamda fan-klub a’zolari, shuningdek, jamoaning sodiq va ashaddiy muxlislari kutib olishdi.
“Lochinlar”ning serbiyalik legioneri – himoyachi Slavko Lukichning Namanganga ertaga etib kelishi kutilmoqda.
Tojikistonlik yarim himoyachi Amirbek Jo‘raboev esa Tojikiston terma jamoasi bilan JCh-2022 saralash bahslarida ishtirok etishi munosabati bilan “Navbahor” tarkibiga biroz keyinroq qo‘shiladi.
Fikrlar