
"Navbahor"da sardor o‘zgardi
Namanganning “Navbahor” klubida sardor o‘zgardi. Ta’kidlash kerakki, shu kungacha jamoaga sardorlik qilib kelgan Jahongir Mehmonov o‘rnini bundan buyon rossiyalik himoyachi Igor Golban egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” ayni damda Superliganing 15 ta tur yakunlariga ko‘ra 22 ochko bilan musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli rossiyalik futbolchi "lochinlar" safiga 2018 yil "Nasaf"dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar