"Navbahor"da "ochiq eshiklar" haftasi!

  • 30 iyun, 2024, 22:11
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 5-turi doirasidagi qoldirilgan "Nasaf" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 3:2 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Tecno

Nikabadze hisobni ochgan bo‘lsa, Bobir Abdixoliqov hisobni tenglashtirdi. 13-daqiqada Farrux Sayfiev raqib jarima maydoni ichidagi pala-partishlikdan foydalanib, "lochinlar"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

34-daqiqada "ajdarlar"ning 34-raqamli futbolchisi Sherzod Nasrullaev oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. 65-daqiqada "Navbahor" darvozasi tomon penalti belgilandi. Abduvohid Ne’matov 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirdi va qarshiliklarni oldinga olib chiqdi. 

Qayd etish lozim, 4 kun avval "lochinlar" "Andijon" bilan bahsda 0:3 hisobida raqibiga imkoniyatni boy bergandi. Umuman olganda, Namangan klubi shu haftada bo‘lgan ikki uchrashuvda o‘z darvozasidan oltita to‘p olib chiqdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
30/06/2024 22:59
Навбахор хам Бабаян кетиб зур уйнади.Насафчиларга эса галаба муборак.Олга,Аждарлар.
Шухрат Хусаинов
30/06/2024 22:39
Барака топки шархловчилар футболчиларни уз номи билан гапиринглар Бу беталант уйинчиларингни Беллингем ,Роналдога ухшатишни бас кил одамни бир жойи айниб кетяпти.