“Navbahor” yig‘inida Ispaniya va Portugaliyadan futbolchilar qatnashadi

  • 27 dekabr, 2019, 21:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Namanganning “Navbahor” jamoasi 2020 yilgi mavsumda o‘z oldiga jiddiy maqsadlar qo‘ymoqda, ya’ni Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni niyat qilmoqda. Shu bois, klub rahbariyati mamlakatimizning bir qator mahoratli va tajribali futbolchilari bilan muzokaralar olib bormoqda. 

Tecno

Xabar berganimizdek, bugun 22 yoshli mahoratli yarim himoyachi Islom Rashidxonov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi va 2020 yili “lochinlar” sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Mahalliy futbolchilar bilan birgalikda shuningdek, bir qator mahoratli hamda tajribali legionerlarni ham tarkibga jalb etish rejalashtirilmoqda.

“Navbahor”ning 2020 yilning 7 yanvaridan  boshlanadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga quyidagi legionerlar jalb etilishdi:

Rossiyadan - David Dzaxov (1988 yil 6 oktyabrda tug‘ilgan, yarim himoyachi).

Dzaxovich rasmi 1

Gollandiyadan 3 nafar futbolchi – Gregori Jarreld Martlales (1988 yil, 31 yanvarda tug‘ilgan), Georgi Dilan Osazi (1998 yil, 27 iyunda tug‘ilgan) hamda Isitir Ozan (barchasi - hujumchi).

Misrdan 2 nafar futbolchi – Mahmud Abdulvohid Abbos Hassan (1993 yil, 17 oktyabrda tug‘ilgan, hujumchi) va Mustafo Mahmud Muhammad Salim (1989 yil, 17 martda tug‘ilgan, yarim himoyachi).

Xorvatiyadan -  Vilim Posinkovich (1991 yil, 10 yanvarda tug‘ilgan, hujumchi).

Posinkovich rasmi 1

Bosniya va Gertsegovinadan – Ismar Xayrlanovich (1996 yil, 4 martda tug‘ilgan, yarim himoyachi).

Portugaliyadan – Karrela Oliveyra Rikardo (yarim himoyachi).

Ispaniyadan – Martinez Trueba Ignasio (1990 yil 11 aprelda tug‘ilgan, yarim himoyachi).

Serbiyadan 2 nafar – Aleksa Andrejik (1992 yil, 13 sentyabrda tug‘ilgan, yarim himoyachi) hamda Marko Rajkovich (1992 yil 13 noyabrda tug‘ilgan, hujumchi).

Demak, “Navbahor”ning 2020 yilning 7 yanvaridan boshlanadigan yig‘iniga 12 nafar xorijlik futbolchilar jalb etilishgan. Ularning soni yig‘in davomida yanada oshishi ehtimoli ham yuqori.

Mazkur legionerlardan qaysi biri "Navbahor" murabbiylar shtabida ijobiy taassurot qoldirsa,  o‘sha xorijlik o‘yinchi bilan shartnoma imzolanadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Низомтой Эргашев
28/12/2019 09:05
Навбахорга койил хакикий ракобатбардош клуб булади худо хохласа
&
Ободон
28/12/2019 01:14
Навбахор 1996 сени нима ишинг бор кайси лигеонер келиши билан сани чунтагингдан пул сарфламаганингдан кейин жим юравер
&
Navbahor1996
27/12/2019 22:57
Умуман керакмас легонер. Шу пуларни фут мактабларига яхши малакали мутахасисларни олиб келиш керак четдан бу легонерлар хаммаси вактинчалик. Эссиз пул буларга
Расулжон Тоштемиров
27/12/2019 21:59
Водий узи анча пастлаб колган эди бу томонда Нефтчи йук факат олга
Расулжон Тоштемиров
27/12/2019 21:57
Кадингни УР навбахор
Абдусамат Жураев
27/12/2019 21:45
ШУНЧА ЛИГОНЕР НИМА КИЛАДИ 4+1 БУЛСА ЛИМИТ 1ТА НАХТ УЗИ ИВАН САЛАВЕВ 3+1 КОЛДИ
&
27/12/2019 21:55
танлап олип колади 3 - 4 тасин