"Navbahor" uch nafar futbolchisi bilan xayrlashdi

  • 2 dekabr, 2021, 21:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” tarkibida e’tiborga molik o‘zgarishlar bo‘lishi kundek ravshan. Hozirdanoq bu borada ishlar boshlab yuborilgan.

Tecno

Yaqinda uch nafar o‘yinchi bilan shartnomalar uzaytirilgani xususida xabar bergandik. Endi esa “Navbahor” uch nafar futbolchisi bilan xayrlashgani ma’lum bo‘ldi. Bu borada klub matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Jumladan, “Navbahor” matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, yarim himoyachilar – rossiyalik 28 yoshli Ivan Solovyov, 27 yoshli Quvondiq Ro‘ziev va bolgariyalik 30 yoshli Boyan Naydenov klubni tark etishdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur futbolchilar “Navbahor” safini klub bilan o‘zaro ikki tomonlama kelishuv asosida tark etishdi.

Ivan Solovyov “Navbahor” tarkibiga 2019 yilgi mavsumda qo‘shilib, 3 yil (2019-2021 yillar) davomida “lochinlar” sharafini himoya qilib, jami 70 ta o‘yinda maydonga tushib, 5626 daqiqa harakatlangan holda, 6 ta golga mualliflik, 8 ta golga assistentlik qildi. 

Joriy mavsum boshida qo‘shilgan Quvondiq Ro‘ziev esa jami 22 bahsda maydonga tushib, 1671 daqiqa harakatlandi. 

Shuningdek, yozgi transferda jalb etilgan bolgariyalik tajribali yarim himoyachi Boyan Naydenov 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 1136 daqiqa harakatlangan holda, 2 ta gol mualliflik qildi va 1 ta golga “pas” berdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
03/12/2021 08:10
Quvondiq. Nasafka kelsa zur bulardida lekin. har qalay by yil Nasafka uyinni ochilib ketardi. uzi ham Nasaf hurmat qiladi lekin