
“Navbahor” sobiq bosh murabbiyi: Uchta jamoani barbod qilgan murabbiyga besh yillik shartnoma berildi!
Ayni paytda Qozog‘istonning “Tobol” jamoasida direktor vazifasini bajarayotgan “Navbahor”ning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Rossiya birinchi ligasida “Ximki” jamoasini boshqarayotgan Andrey Talalaevni tanqid qildi.
Talalaev “Torpedo” va “Krilya Sovetov”da ishlagan va har doim quyi ligaga tushib ketgan. Hozi “Ximki”da. O‘z qo‘llari bilan uchta jamoani barbod qilgan odamga besh yillik shartnoma berishdi!
Buni qanday tushunish mumkin. Shunlay ishlash kerakmi?
Uning natijalari hammasini ko‘rsatib turibdi. Albatta, u murabbiy sifatida kuchli emas, - dedi Andrey Kanchelskis.
Talaev 2023 yilning aprelida “Ximki” bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Biroq, bu mutaxassis jamoani Premer-ligada saqlab qola olmadi.
Birinchi liganing yangi mavsumida ham Talalaev shogirdlari ketma-ket ikkita uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi.
Fikrlar