"Navbahor" shov-shuvli transferlarni amalga oshirishi kutilmoqda

  • 29 noyabr, 2021, 14:32
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasida mavsum yakunlandi. Klublarda keldi-ketdilar boshlandi.

Tecno

Bir necha kun avval "Navbahor" klubi matbuot xizmati keyingi yildan jamoaga Samvel Babayan bosh murabbiylik qilishini ma’lum qildi. Viloyat hokimi bilan Samvel Babayan jamoani yangi bosqichga olib chiqish borasida kelishib olgan.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, bu transferlar davrida "lochinlar" katta o‘zgarishlarga qo‘l uradi. Murabbiy bu borada o‘z tanlovlariga ega. Shuning uchun yangi mavsum oldidan eng katta transferlar "Navbahor" tomonidan amalga oshirilishi kutilmoqda.

Chempionatimiz yaqinda tugagani, murabbiylar ko‘z ostiga olib qo‘ygan futbolchilarning shartnomalari yakunlanayotgani (yakunlangan) uchun tez orada takliflar yuboriladi.

Ushbu tranferlar qaysi futbolchilardan iboratligini saytimiz orqali bilib olasiz. SPORTS.uz saytidan uzoqlashmang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!