
"Navbahor" serbiyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi
Serbiyalik tajribali himoyachi Filip Ivanovich "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ivanovich 1992 yil, 13 fevralda Serbiyaning Aranjelovats shahrida tug‘ilgan.
Futbolchilik faoliyati davomida Serbiyaning “Xayduk” (Belgrad, 2010-2011, 2013 yillar), “Zvezdara” (Belgrad, 2010-2014 yillar), “Lokomotiva” (Belgrad, 2014 yil), FK “Bejaniya” (Belgrad, 2015 yil), FK “Sloga 33” (Petrovats, 2016 yil), “Injiya” (Injiya, 2016-2017 yillar), “Radnik” (Surdulitsa, 2017-2018 yillar), Ozarbayjonning “Sabax” (Boku, 2018-2021 yillar), Albaniyaning “Teuta” (Durris, 2021-2022 yillar) jamoalarida to‘p tepgan.
Filip Ivanovich 2022/2023 yillar mavsumida “Radnichki” (Kraguevats, Serbiya) tarkibida o‘ynadi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar