
"Navbahor" nihoyat, muxlislar kutgan xabarni e’lon qildi
“Navbahor” – “Nasaf” o‘yini uchun chiqarilgan chiptalar bugun soat 14:00dan sotuvga chiqadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Chiptalar Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Kamolot” bog‘i, “Markaziy” o‘yingoh, “Sport” mehmonxonasi, Namangan shahrining “Chorsu” dahasi,
“Sardoba” dahasi kassalaridan xarid qilishingiz mumkin. Rasmda chiptalar 50 000 va 100 000dan ekanligini bilib olish mumkin.
Viloyat hokimi "Navbahor" jamoasining tanishtiruv marosimida biletlar qimmat bo‘lishini aytgandi. Buning sababini pastroqdagi linkda bilib olishingiz mumkin.
“Navbahor” – “Nasaf” o‘yini 3 mart kuni soat 18:30da start oladi.
Fikrlar