
"Navbahor" ertaga Tojikiston chempioniga qarshi o‘ynaydi (foto)
"Navbahor" klubi Superliga 2-davrasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoa ertaga halqaro o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi.
Ushbu bahs Namangandagi “Markaziy” stadioni zaxira maydonida bo‘lib o‘tadi. Unda "lochinlar" Tojikiston chempioni “Istiqlol” jamoasiga qarshi saf tortadi.
Uchrashuv ertaga 19:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar