"Navbahor" - "Nasaf": Final uchrashuvi uchun chiptalarni qanday qilib sotib olish mumkin? (to‘liq ma’lumot)

  • 23 oktabr, 2022, 05:25
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Navbahor” va “Nasaf” klublari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogining final o‘yini 17:00 da start oladi. O‘yinoldi tadbirlar mazkur havolada ko‘rsatib o‘tilgan. 

Tecno

O‘zbekiston Professional futbol ligasi final chiptalari savdosi shaffofligini ta’minlash maqsadida borasida "iTicket" bilan hamkorlik qiladi. Chiptalar 25 oktyabr — seshanba kunidan boshlab sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Bunda chiptalar onlayn hamda offlayn tarzida sotuvga qo‘yiladi. 

Nominal mezbon sifatida harakatlanuvchi “Navbahor” klubi muxlislariga 12, 13, 14 va shu ketma-ketlikda klub logotipi ko‘rsatilgan sektorlardan chipta xarid qilish tavsiya etiladi. Nominal mehmon hisoblanuvchi “Nasaf” klubi muxlislari esa 6, 7, 8 va jamoa logotipiga yaqinroqda joylashgan qolgan sektorlarni tanlash tavsiya etiladi. 9, 11, 10A hamda 10B sektorlar chiptalari Buxoro shahrining o‘zida neytral muxlislar uchun savdoga chiqariladi. Stadionning VIP maydonlariga tutash sektorlar uchun chiptalar savdosi onlayn amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Qashqadaryo hamda Namangandan tashrif buyuruvchi futbol muxlislariga qulaylik yaratish maqsadida chiptalar “Nasaf” va “Navbahor” stadioni kassalari orqali ham sotuvga chiqarilishi mumkin. O‘zPFL har ikki klubni "iTicket" bilan bog‘lash orqali bunga erishishni maqsad qilgan. Ya’ni, klublar o‘z muxlislariga qulaylik yaratish maqsadida yuqorida tavsiya etilgan sektorlar chiptalarini "iTicket" yordamida o‘z stadionlariga chaqirtirishi mumkin bo‘ladi. 

Futbol muxlislaridan chiptalar masalasiga jiddiy yondashish so‘raladi. Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda O‘zPFL hamda "iTicket" futbol muxlislariga final uchrashuvini mavjud reglament hamda qonun-qoidalardan chetlashmagan tarzda kuzatib borish lozimligini eslatib o‘tadi. Chiptalarda "QR-code" borligini inobatga olgan holda sotib olingan chiptalar begona shaxslar qo‘liga tushishi yoki mazkur chiptalarni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish tavsiya etilmaydi. 

Final chiptalari CIP sektorlar uchun 75 000 so‘mdan sotiladi. Shuningdek, toifasiga qarab 35 000, 30 000 hamda 25 000 so‘mlik chiptalar savdosi amalga oshiriladi.

O‘zPFL matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SAMARIDDIN AMUR GPZ UZB
23/10/2022 07:14
Olg'a NASAF kubok senga yarashadi