
"Navbahor" - "Andijon" uchrashuviga oid ma’lumotlar
"Navbahor" va "Andijon" jamoalari shu kungacha o‘zaro 46 marotaba bahs olib borishgan. O‘tkazilgan 46 ta uchrashuvning 24 tasida "Navbahor" jamoasining qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 10 ta uchrashuvda "Andijon" g‘olib bo‘lgan.
Qolgan 12 ta bahsda tomonlarning kuchlari teng kelgan.
"Andijon" jamoasi 46 marta gol kiritib, o‘z darvozasidan 71 ta to‘p olib chiqqan.
"Andijon" jamoasining eng yirik hisobdagi g‘alabalari 5:1, 4:0 bo‘lsa, "Navbahor"ning eng yirik g‘alabasi 5:0.
"Andijon" o‘zaro bahslarda 42 ochko jamg‘argan bo‘lsa, "Navbahor" jamoasining jamg‘argan ochkolari 84 tani tashkil qiladi.
Fikrlar