
Natalya Vixlyantseva Shveytsiyada porlamoqda
Rossiya tennischi Natalya Vixlyantseva Bostad shahrida o‘tayotgan "Chellenjer" musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Mazkur musobaqaning ikkinchi davrasida Natalya gruziyalik Ekaterina Gorgodzega qarshi kortga chiqib, yakunda 6:3, 6:0 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Vixlyantseva Shveytsiyada o‘tayotgan musobaqaning yarim finaliga chiqish uchun Chernogoriya vakili Danka Kovinichga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar