“Nasaf”ga kelgan legionerning nomi ulug‘, suprasi quruqmi?

  • 25 iyul, 2022, 17:55
  • Bekzod Isayev
  • 9
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek futbolida transferlar mavsumi ancha qizg‘in kechmoqda. Yozning jazirama issig‘i ham jamoalarni oldi-berdilardan to‘xtata olmayapti. Klublar ikkinchi davraga tarkibni kuchaytirmoqda. Xorijdan futbolchilar olib kelayotganlar ham bor.

Tecno

Bir necha kun avval "Nasaf" klubi safiga braziliyalik Mateus Lima Kruz kelib qo‘shildi. Hujumchi qarshiliklar safida ko‘rikdan o‘tib, jamoa bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

"Nasaf" safiga braziliyalik hujumchi qo‘shildi

photo_2022-07-21_20-08-49

Limaning transfermarkt.com portalidagi narxi 200 ming evroni tashkil qiladi. Uning maksimum narxi 2015 yili 400 ming evrogacha chiqqan. 

Qahramonimiz faoliyati davomida klublar miqyosida umumiy hisobda 187 o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 44 bor yo‘l topgan. Mateus Lima Kruz shu kunga qadar 7 ta jamoa sharafini himoya qilgan. Debyutini 2012 yili boshlagan markaziy hujumchi 12 bor klubini o‘zgartirgan.

Uning oxirgi 5 yillikdagi karerasiga e’tibor qaratsak, 3 jamoada 114 uchrashuv o‘tkazib, 23 ta gol urgan.

2018 yilning yozida Mateus Lima Xorvatiya Birinchi ligasi vakili “Slaven Belupo” bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 51 o‘yinda 7 bor darvozani ishg‘ol qildi.

2020-2021 yilgi mavsumni Isroilning “Xapoel Nof HaGalil” klubida o‘tkazdi. 29 uchrashuvda 9 gol urdi.

Keyingi mavsum esa bu mamlakatning boshqa jamoasi “Hapoel Rishon LeZion” klubida to‘p tepdi. 34 bellashuvda 7 ta to‘p kiritdi.

“Nasaf” legioneriga aylangan Lima 2020-2021 yili eng ko‘p golini urgandi - 9.

Futbolda statistika, raqamlar ko‘p narsani anglatadi. Ayniqsa, yurtimizga xorijdan kelayotgan legionerlar borasida. Ushbu raqamlardan bitta xulosaga kelishim mumki: “Nasaf”ga kelgan legionerning nomi ulug‘, suprasi quruq. Futbolchi braziliyalik ekanligini inobatga olmasa, klublarda nimadir karomat ko‘rsatmagan. Hamma braziliyaliklar ham Ronaldo, Neymar bo‘lavermaydi.

Boz ustiga bu futbolchi legionerlarni chertib-chertib tanlaydigan Ro‘ziqul Berdiev jamoasiga kelmoqda. Xorijliklar borasida o‘ta sinchkov murabbiy bu tanlovni qabul qilishda nimalarga e’tibor qaratgani shaxsan men uchun qiziq. Balki bu klub rahbariyatining qarori bo‘lishi mumkin. Lekin bitta fakt shuki, Lima "Nasaf"ning barcha futbolchilaridan gavdali va baland bo‘yli!

photo_2022-07-21_20-08-48

Klub bu transfer orqali ikkinchi qavatdagi ustunlikni qo‘lga olishni maqsad qilgandir. Biroq qarshiliklarning raqiblari "Paxtakor", "Navbahor", "So‘g‘diyona", AGMKga e’tibor qaratsak, ularning barchasida baland bo‘yli markaziy himoyachilar bor. Lima ulardan ustunlik qilishi qiyin masalaga o‘xshamoqda.

Bir mavsum davomida ko‘pi bilan 9 ta gol urgan legioner yuqorida bildirgan fikrlarimizni ikkinchi davradagi o‘yinlari bilan asossiz ekanligini isbotlab bersa, biz bundan faqat xursand bo‘lamiz. Chempionatimizga saviyali legionerlar kelishining tarafdorimiz xolos.

 

Bekzod ISAEV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sarvar Mirzayev
25/07/2022 19:19
Bl**t senlar faqat nasaf haqida yozasanmi yopishvolding shu uyinchiga. Yana bittasi boridi yahudiy u bilan kelisholmadi demak qimmatlik qilgan. Nasaf boshqa jamoalarga uxshab erkatoymas puliga qarab ish qiladi. Cheran Golban Lukic nasafda boshlagan uzbdagi uyinlarini adashmasam
&
Восток
23/07/2022 18:01
ОМОН булсак курамиз
Gulomqodir Askhanov
26/07/2022 22:56
Катарни Бразилияликлар анча кучайтирган биз хам тугридан тугри Бразилиядан олиб купайтириб. Сербия футболчилар ига ракобатчи килиб уйнатиб куришамиз керак колганини вакт курсатади
&
Joxa1989
25/07/2022 18:04
Kuchi yetgani shuda boshqasi qimmat oylik oladi qolgan kelganlarni xam bir taqqoslanglar bekorchlikda bitta maqolani tashlamasdan
&
Joxa1989
25/07/2022 18:02
Bekorchlik deyman shu maqolani beshinchi marta telegramga kel
Нодир Зарипов
25/07/2022 18:02
ХАЛИ ЖУДА КУП ГАПИРАСИЛА НАСАФДИ ЙОМОНМАС ГАЗИНИ БОСЛАРИНГ НАСАФГА УХШАШИ ЮК
Verizon New
24/07/2022 22:16
Nomi ham ulug', suprasi ham to'liq. Hammasi yaxshi bo'ladi, O'zbekistonda Nasafda o'z o'rnini topadi hali
Ал-химик
23/07/2022 20:42
200 минг пулга нимаям берарди, ҳа энди ўйнолмасаям уйига борганда Ўзбекистон деган юрт боракан дейдию ҳеч бўлмаса, омадини берсин
Avaz Begmatov
25/07/2022 18:33
Дустим бу 200 минг сум эмас, 200 минг евро. Манимча фарки анча гина...