
"Nasaf" safida frantsiyalik va serbiyalik futbolchilar ko‘rikdan o‘tmoqda. Dilshod Rahmatullaev ham "ajdarlar" safiga qaytdi
Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazayotgan “Nasaf” klubi safiga yangi futbolchilar kelib qo‘shildi.
Klub matbuot xizmati tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda “ajdarlar” safiga frantsiyalik markaziy himoyachi Diakite Abdelaye, serbiyalik yarim himoyachi Marko Stanoyevich va o‘tgan mavsumni “Andijon”da o‘tkazgan yarim himoyachi Dilshod Raxmatullayevlar kelib qo‘shilishgan.
Quyida ushbu futbolchilar haqida qisqacha ma’lumotlar bilan tanishib olishingiz mumkin:
Diakiete Abdelaye
Tug‘ilgan yili: 08.02.1990
Fuqaroligi: Fransiya
Bo‘yi: 1,90 m
Ampluasi: markaziy himoyachi
O‘ynagan jamoalari:
Menemen Spor (Turkiya) (2019)
Al-Ahli Tripoli (Liviya) (2018)
Alki Orolkini (Kipr) (2017)
Sirocusa (Italiya) (2016)
***
Marko Stanoyevich
Tug‘ilgan yili: 22.06.1988
Fuqaroligi: Serbiya
Bo‘yi: 1,80 m
Ampluasi: markaziy yarim himoyachi
O‘ynagan jamoalari:
Irtish (Qozog‘iston) (2019)
Levadoakos (Gretsiya) (2018)
Astana (Qozog‘iston) (2017)
Shaxtyor (Qozog‘iston) (2016)
***
Dilshod Raxmatullayev
Tug‘ilgan yili: 17.02.1989
Fuqaroligi: O‘zbekiston
Bo‘yi: 1,83 m
Ampluasi: markaziy yarim himoyachi
O‘ynagan jamoalari:
Andijon (O‘zbekiston) (2019)
Paxtakor (O‘zbekiston) (2018)
Nasaf (O‘zbekiston) (2016-2017)
Lokomotiv (O‘zbekistom) (2014-2015)
Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” bugun Ukrainaning “Kolos” klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi va 2:2 hisobida jangovor durang qayd etdi.
Fikrlar