"Nasaf" klubiga hujumchi keladi. Ro‘ziqul Berdiev shu haqda gapirdi

  • 24 fevral, 2022, 13:42
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zingizga ma’lum, yangi mavsum boshida “Nasaf” klubi rahbariyatida o‘zgarish bo‘lgandi. Kecha “Markaziy” o‘yingohdagi matbuot anjumanlari zalida jamoaning faol muxlislari va OAV xodimlari bilan ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “Nasaf” klubi bosh direktori Alisher Yusupov, bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev va “ajdarlar”ning etakchi futbolchilari Umidjon Ergashev, Sherzod Nasrullaev, Akmal Mozgovoylar ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

photo_2022-02-23_19-03-20

Tadbir qatnashchilari klub rahbariyatidan 2022 yildagi rejalar va maqsadlar haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Yaqindagina klubning bosh direktori lavozimi tayinlangan Alisher Yusupov o‘ziga bildirilgan ishonch uchun klub rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirib, “Nasaf” klubini yanada rivojlantirish uchun bor kuchi bilan harakat qilishini aytib o‘tdi va bundan keyingi uchrashuvlar bundan-da yuqori saviyada bo‘lishini ta’kidladi.

photo_2022-02-23_19-08-03

Ro‘ziqul Berdiev yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni va Turkiya yig‘ini haqida ham muxlislarga o‘z fikrlarini bildirib, hozirgi kunda jamoaga yana bir hujumchi kerakligini, seleksiya ishlari davom etayotganini aytib o‘tdi.

photo_2022-02-23_19-08-02

Jamoaning etakchi futbolchilari Umidjon Ergashev, Akmal Mozgovoy hamda Sherzod Nasrullaev yangi mavsumga tayyor ekanliklari va sovrinli o‘rinlar uchun kurashishlarini aytib o‘tdi.

Yig‘ilish so‘ngida “Nasaf” futbol klubi rahbariyati muxlislar klubiga o‘z sovg‘alarini topshirdi.

photo_2022-02-23_19-09-03

photo_2022-02-23_19-08-12

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Marifjon Turajonov
24/02/2022 17:38
Birinchi turdan boshqasiga Nasafga omad