
"Nasaf" bugun Rossiya klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Qarshining "Nasaf" klubi Turkiyada yig‘in tashkil qilmoqda. "Ajdarlar" mashg‘ulotlar davomida bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdi.
"Nasaf" bugun uchinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, bu safargi raqib Rossiyaning "Volgar" jamoasi bo‘ladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Fikrlar