"Nasaf" - "Mohun Bagan". Matnli translyatsiya

  • 22 sentabr, 2021, 19:57
  • Karim Xudayqulov
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Assalomu aleykum qadrli saytimiz obunachilari. Birozdan so‘ng OFK Kubogi-2021 hududlararo yarim finalidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Mohun Bagan" uchrashuvi boshlanadi. Mazkur o‘yindan matnli translyatsiyani saytimiz orqali kuzatib borish imkoniyatiga egasiz.

90+3. Uchrashuv yakunlandi. Qarshining "Nasaf"jamoasi o‘z maydonida Kalkutaning "Mohun Bagan" klubiga javobsiz 6 ta gol urdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. 

90. O‘yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo‘shib berildi.

88. "Ajdarlar" yana bir bor burchak zarbasi tepish imkokniyatiga ega bo‘ldi, Stanoevich to‘p oldida. 

86. "Nasaf" burchak to‘pi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

84. Nasaf oldinga o‘tishda davom etmoqda. 

80. Juda ham yaxshi vaziyatdan qarshiliklar foydalana olmadi. 

79. Sardor Sadullaevga sariq kartochka ko‘rsatildi. 

75. O‘zgarish! Oybek Bozorov o‘rniga Sardor Sadullaev, Umar Eshmurodov o‘rniga esa G‘olib G‘aybullaev maydonga tushdi

71. Narzullaev Stanoevichning uzatmasidan so‘ng hisobni 6-0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 

68. Qanotdan uzatilgan to‘pni  "Mohan Bagan" darvozaboni egallab oldi. 

66. Ashutosh Mehta Bozorovga nisbatan ishlatgan foli uchun ogohlantirildi. 

65. Bozorovga tibbiy yordam ko‘rsatildi. 

64. Raqiblar hujumda o‘yin qoidasini buzdi. 

60. O‘zgarish. Nurulloev va Abdurahimov maydonni tark etdi. Komilov va Narzullaev ularning o‘rnini egalladi. 

57. "Nasaf" burchak to‘pi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

54. "Mohun Bagan" futbolchilari to‘pni maydon markazida egallab turibdi, biroq hujumga o‘tishning imkoni bo‘lmayapti. 

50. O‘yin tempi biroz pasaydi. 

47. Bozorovning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

46. Kalkutaliklar hujum uyushtirib ko‘rdi. Qanotdan darvoza tomon yo‘llangan zarba kuchsiz va noaniq.

45. Jamoalar maydonga qaytishdi. Ikkinchi bo‘lim boshlanish arafasida. 

45+3. Birinchi bo‘lim yakunlandi. Hozircha "Nasaf" 5-0 hisobida oldinda bormoqda. 

45+1. Oybek Bozorov birinchi bo‘lim yakuniga yaqin hisobni 5-0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 

45. Birinchi bo‘limga 3 daqiqa qo‘shib berildi. 

43. Afsus! Oybek Bozorov penaltidan foydalana olmayapti. 

41.PENAAAAAAALTIII! "Nasaf"ni umuman to‘xtatishning imkoni bo‘lmayapti. 

39. "Nasaf"da yana bir yaxshi vaziyat vujudga keldi. Biroq Bozorovning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

37. Nasrulloev jarima maydonchasi ichida 2-3 raqini aldab, zarba berdi. Himoyachilar o‘z o‘rnida.

34. 4 ta goldan keyin ham qarshiliklar oldinga o‘tishdan to‘xtamayapti.

31. GOOOOOOOOOOL! Raqiblar hamyurtlarimizga hech qanaqasiga qarshilik ko‘rsata olmapti. Gol muallifi yana Norchaev.

28. Suhrobning olisdan yo‘llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

27. Subhasish Nurullaevga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi va sariq kartochka bilan jazolandi. 

25. Nurullaev Saitovni to‘p bilan ta’minladi, biroq Dilshodning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

23. "Mohun Bagan" maydon markazida mayda paslar bilan to‘pni egallab turibdi. 

21. GOOOOOOOOL! "Mohun Bagan" himoyasida palapartishlik. "Nasaf" hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. 

17. GOOOOOOOOOOOOOL! Qanotdan yo‘llangan uzatmani Norchaev darvozaga joylab qo‘ydi.

13. Ustunlik qarshiliklar tomonida. Ular maydon markazida to‘pni bemalol nazorat qilmoqda. 

12. "Nasaf" burchak to‘pi ishlab oldi. 

11. "Nasaf" jarima zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

10. Nasrullaevning uzatmasidan so‘ng Norchaevda yaxshi imkoniyat vujudga keldi, biroq uning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasi noaniq ketdi. 

7.Raqiblar sekin-astalik bilan hujumlar tashkil qilishni boshladi. 

5. GOOOOOOOOL! O‘yinda  hisob ochildi. Raqib  futbolchisi  o‘z  darvozasini ishg‘ol etib  qo‘ydi. 

4. "Ajdarlar" burchak to‘pi tepish imkoniyatiga  ega bo‘ldi. 

3. Raqib futbolchisai Pritam Kotalga sariq kartochka ko‘rsatildi. 

2. Maydon  markazida Norchaevga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. 

1. O‘yinga start berildi

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Рахимов Илхомжон
22/09/2021 21:40
Насаф олга
&
Мехриддин Абдурахмонов
22/09/2021 20:50
Танаффусда хиндлар пул таклиф килишади. Бошка гол урмаслик учун
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
22/09/2021 20:53
bulani murabbiy Nasaf Uzbekiston chempionati uyinlaridan keyingi murabbiylarni fikrini uqimagan ekanmi deyman. Nasaf yutqazgan uyinlarga hamma murabbiyla biz shunchaki omadgena tufayli galaba Qozondik. Nasafka qarshi ochiq fudbol uynap bulmaydi Hujimkor fudbol ham taklef qilib bulmaydi Nasafka qarshi deb har turga aytishadiki. Nasaf chempionatka yutqazgan uyinlariga ham raqibdan bir bosh ustun uynagan. shunchaki ayrim uyinlarga sudiyala ayrimlariga PFL tushunarsiz qarori bilan uyinchila tushmaslegi evaziga achko bergan yahshilap urganib chiqmaptida.
Кахрамонжон Сафаров
22/09/2021 21:49
Агар шу уйинда Пахтакор ёки АГМК уйнаб шундай хисоб кайд этилганида борми хаммаёкни ёриб юборгундек овоза килинар эди лекин Насаф камтарлик билан чиройли уйин утказмокда уларни шармандалик билан гурухдан эрта чикиб кетганлигини бу томондан оклаб куймокда , Насаф жамоаси йигитлари ва шахсан Рузикул Бердиевга ташаккур , олга йигитлар Узбекистонни юксак марраларга олиб чикишда давом этаверинглар
Baxil Alihuja
23/09/2021 12:35
Хиндлар футбол уйнашни билишмайди. Бу клубдан бизнинг махалла йигитлари хам очко олишарди. Факат Пахтакор енга олмайди.