
“Napoli”da ham 100 million evrolik yulduz porlamoqda
“Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis yarim himoyachi Fabian Ruis bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha ish boshladi.
Ayni paytda 2023 yilning yoziga davom etadigan shartnomaga ega bo‘lgan futbolchi yiliga 1,5 million evro miqdorida maosh olmoqda. Neapolliklar amaldagi shartnomani 2025 yilgacha cho‘zib, uning maoshini ko‘tarishni reja qilgan.
Fabian Ruisga “Real”, “Barselona” va “Manchester Siti” kabi badavlat klublar xaridor bo‘layotganini inobatga olgan Aurelio De Laurentis uning badal pulini 100 million evrodan yuqori belgilab, futbolchini yulduzlar qatoriga qo‘shmoqchi.
Fikrlar