"Napoli" "Liverpul" hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 19 iyun, 10:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunes shu yozda jamoani tark etishi mumkin. Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “Napoli” yaqin orada futbolchining vakillari bilan muzokaralarni davom ettirish niyatida.

Tecno

Italiya klubi forvardni bir necha haftadan buyon kuzatib kelmoqda, biroq hozircha transfer shartlari bo‘yicha kelishuv bo‘lmadi. Avvalroq, "Liverpul" Nunesni kamida 70 million evroga baholayotgani xabar qilingandi.

Urugvaylik futbolchiga “Napoli”dan tashqari, Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda. Darvinning transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda neapolliklar hujumni kuchaytirish uchun muqobil variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Nomzodlar orasida "Udineze"dan Lorentso Lukka va "Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Xoylund ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!