
"Napoli" hujumchisi uchun Italiyada "ov" boshlandi
Jakomo Raspadoriga Italiyaning boshqa grandlari qiziqish bildirmoqda.
"La Gazetta dello Sport" xabariga ko‘ra, "Napoli"ning 24 yoshli hujumchisi "Inter" va "Yuventus" qiziqishlari doirasia bo‘lib turibdi.
Hozirda futbolchi neapolliklar safida doimiy asosiy tarkib futbolchisi emas. Sababi, uning maydondagi vazifasi taktik sabablarga ko‘ra, mavhumligicha qolmoqda. Shu sababli, futbolchining kelajagi "Napoli"da so‘roq ostida.
Qayd etish lozim, uning Neapol klubi bilan shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u 29 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar