"Napoli" futbolchisi uchun La Liganing 4 ta klubi kurash boshladi

  • 3 iyun, 2020, 09:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Betis", "Sevilya", "Espanol" hamda "Vilyarreal" klublari "Napoli" hujumchisi Xose Kalexon uchun kurash boshladi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, La Liga klublari 32 yoshli ispaniyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq qo‘lga kiritishmoqchi. Kalexonning neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi shu yoz o‘z nihoyasiga etishini inobatga olsak, u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.

Kalexon joriy mavsum “Napoli” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U faoliyati davomida “Real” va “Espanol” kabi ispan klublarida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!