
"Napoli" futbolchisi Frantsiyaga ketadimi yoki Angliyaga?
"Napoli" klubi yarim himoyachisi Allanda faoliyatini davom ettirishi uchun 2 ta variant bor.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 29 yoshli braziliyalik futbolchiga PSJ va "Everton" klublaridan takliflar bo‘lmoqda. Neapolliklar esa uning transferini 40-45 million evroga baholamoqda.
Allan joriy mavsum “Napoli” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar