
"Napoli" Fabian Ruisning maoshini oshirmoqchi
Italiyaning “Napoli” klubi o‘zining ispaniyalik yarim himoyachisi Fabian Ruisga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra neapolliklar rahbariyati 23 yoshli futbolchining yillik maoshini 2 mln evrodan 3,2 mln evroga oshirishga tayyor. Shartnoma muddati esa 2024 yilga qadar uzaytiriladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ruisga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Ruis joriy mavsum A Seriyada 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar