
"Napoli" belgiyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Napoli" Romelu Lukakuni sotib olmoqchi.
Insayder Janluka Di Martsioning so‘zlariga ko‘ra, neapolliklar jamoasi Viktor Osimhen qolgan taqdirda ham forvardni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Shu bilan birga, "Napoli" 30 million evrodan ko‘proq pul to‘lamoqchi emas. Biroq "Chelsi" 43 million evro talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli forvardning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmiga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar