
Namangan viloyati hokimi: Iyun oyida O‘zbekiston MTJ o‘yinlari payti "Navbahor" stadioni qaynaydi
Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov To‘raqo‘rg‘ondagi “Yoshlik” va Namangan shahridagi “Dinamo” o‘yingohlarida bo‘ldi. Bu haqda media departament telegram kanali xabar berdi.
Viloyat hokimi soha mutasaddilari, tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida 2023 yil Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogining saralash bosqichi o‘yinlariga tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha tashkiliy kengashuv o‘tkazdi.
- Namangan ilk bora xalqaro miqyosdagi o‘yinlarni qabul qilmoqda. Iyun oyida "Navbahor" o‘yingohi qaynaydi. Tashkiliy ishlar yuqori darajada bo‘ladi. O‘z navbatida To‘raqo‘rg‘on, Toshbuloq, Uychi va Namangan shahrida terma jamoalar mashg‘ulotlari o‘tkazadigan o‘yingohlar xalqaro standartlarga mos bo‘lishi lozim, - dedi viloyati rahbari.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2023 yil Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogining saralash bosqichi "C" guruhida Tailand, Maldiv orollari va Shri-Lanka bilan uchrashuvlarini Namanganda o‘tkazadi.
Fikrlar