Namangan shahrida davom etayotgan MMA kechasida nokaut qayd etildi

  • 16 mart, 2021, 17:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Namangan shahrida davom etayotgan professionallar o‘rtasidagi MMA kechasida navbatdagi jang ham o‘z yakuniga etdi.

Tecno

-61 kg vazn toifasida oktagonga ko‘tarilgan Abbos Haydarov hamda Burhon Ergashev o‘rtasidagi jang bor-yo‘g‘i bir raund davom etdi. 

Har ikkisi dastlabki daqiqalardanoq ochiq jangga kirishib ketdi va bundan Haydarov unumli foydalanib qoldi. Uning kuchli zarbasi evaziga raqib muvozanatni yo‘qotib qo‘ydi. Ushbu holatga yaqin turgan hakam Ergashevning jangni davom ettira olmasligini bildirdi. Abbos Haydarov nokaut qayd etib, chiroyli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Jang kechasi davom etmoqda. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!