
Nafisa Sheripboeva – Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari bronza medal sohibi!
Hozirgina para dzyudo bahslarida ayollar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida hamyurtimiz Nafisa Sheripboeva bronza medal uchun kechgan bahsda ispaniyalik Marta Archega qarshi tatamiga chiqdi.
Qiziqarli kechgan kurashda Sheripboeva ippon bahosi evaziga 10:0 hisobida g‘alaba qozondi va bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Ushbu natijadan so‘ng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 10 taga etdi: 4 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza.
Fikrlar