
Myuller Kanning natijasini takrorladi
Tomas Myuller "Bavariya"dagi o‘yinlar soni bo‘yicha Oliver Kanga etib oldi.
"Bavariya" Germaniya chempionatining 21-turida "Borussiya" Menxengladbax klubi mehmoni bo‘ldi. Myuller uchun ushbu bahs myunxenliklar tarkibida ichki chempionatdagi 429-o‘yin bo‘ldi va bu borada afsonaviy darvozabon Oliver Kanga etib oldi.
Germaniyalik futbolchi hozirda Kan bilan birga Bundesligada "qizillar" tarkibida eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan "Bavariya" futbolchilari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jozef Mayer 473 ta o‘yin o‘tkazgan holda birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli hujumkor yarim himoyachi Bundesliganing 2022/2023 yilgi mavsumida 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 8 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar