
MYuda zaxira rejalari bor
"Shaxtyor" xavbeki Tete "Manchester Yunayted" klubi qiziqish doirasida bo‘lib turibdi. Manchesterliklar yozda "Borussiya" Dortmund jamoasida Jeydon Sanchoni qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘rishadi.
Agar, ushbu transfer amalga oshmasa, klub 3 ta variantni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida Tete ham bor. Ilgariroq, futbolchining o‘zi ham Goal.com saytiga bergan intervyusida faoliyatini Liverpul yoki Manchesterda davom ettirmoqchi ekanini ta’kidlagan edi.
Fikrlar