MYuda yangi yulduz porlaydi

  • 4 yanvar, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati 19 yoshli Moyses Kaysedo transferi borasida kelishuvni yakunlaganini e’lon qildi.

Tecno

Manchesterliklar Ekvadorning “Independente del Vale” jamoasini yarim himoyachini 4 million evroga qo‘yib yuborishga ko‘ndirgan. Shuningdek, ekvadorliklar futbolchining muvaffaqiyatlariga qarab, turli bonuslarga ham ega bo‘ladi.

Kaysedoning MYu bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuziladi. Ungacha futbolchi Buyuk Britaniya qonunchiligiga asosan mamlakatda ishlashga ruxsat olishi kerak.

Iste’dodli yarim himoyachi hozirgacha o‘z yurtida 31 ta o‘yinda maydonga tushgan va oltita gol muallifi bo‘lgan. Bundan tashqari, “Manchester Yunayted”da porlashi kutilayotgan Kaysedo oktyabr oyida Ekvador milliy terma jamoasi safida debyut qildi. Hozirgacha to‘rtta uchrashuvda qatnashgan futbolchi jahon chempionati saralashida Urugvay darvozasini ishg‘ol qilishga ham muvaffaq bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!