
MYu zaxirada qolib ketayotgan himoyachisi borasida bir qarorga keldi
"Manchester Yunayted" Viktor Lindelyofni qishki transferlar oynasida qo‘yib yubormoqchi emas.
"Qizil iblislar" ustozi Erik ten Xag 28 yoshli markaziy himoyachiga ishonadi. Shu bois, rahbariyat har qanday taklifni qabul qilmaslikka qaror qildi.
So‘nggi kunlarda "Inter" Viktor atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda. Shuningdek, "Atletiko" ham shvetsiyalik fulbek transferi borasida mankunialiklar bilan bog‘langan.
U joriy mavsum Premer-liga doirasida 6 ta o‘yin o‘tkazdi.
Fikrlar