
MYu yangi murabbiyni erkalatib yuboradigan ko‘rinadi!
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo‘lishi kutilayotgan Erik ten Xag bir qator qulayliklarga ega bo‘ladi.
"The Telegraph" nashri xabariga ko‘ra, MYu kelasi mavsum EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritmasa ham yangi murabbiyni qo‘llav-quvvatlash maqsadida, niderlandiyalik mutaxassisga katta transfer byudjeti taqdim etmoqchi.
Mankunialiklar yozda hujumchi va ikkita yarim himoyachi sotib olishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, ular o‘ng qanot himoyachisi bilan ham shartnoma imzolamoqchi. Biroq bu ustuvor maqsad hisoblanmaydi.
Ayni vaqtda "qizil iblislar" nishonida Xarri Keyn ("Tottenxem"), Deklan Rays ("Vest Xem"), Jon Makginn ("Aston Villa") kabi futbolchilar bo‘lib turibdi.
Shuningdek, ten Xag bosh murabbiy sifatida tayinlangandan so‘ng o‘z nomzodlarini taklif qilishi ham mumkin.
Fikrlar