
MYu ustozi Reshforddan norozi ekanini aytdi
Erik ten Xagning aytishicha, "Manchester Yunayted" va Markus Reshfordning o‘zi ham futbolchining formasidan norozi.
Reshford Chempionlar ligasi doirasida "Kopengagen"ga qarshi bellashuvda "qizil iblislar" 2:0 hisobida oldinda borayotgan paytda maydondan chetlatildi. Natijada mankunialiklar yakunda (3:4) mag‘lubiyatga uchradi.
Joriy mavsumda 26 yoshli angliyalik forvard barcha turnirlar doirasida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
"Menimcha, u o‘zidan norozi. Biz ham. Ayni vaqtda Markus eng yaxshi holatda emas.
Men u yana o‘z formasiga qaytishini bilaman. Qachonki jamoa yaxshiroq o‘ynasa, u ham yaxshi o‘ynaydi va gol uradi. Men bunga aminman", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Fikrlar