
MYu Sulsherga oyiga salkam million evro maosh to‘lashga tayyor
"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsherga yangi shartnoma tayyorlamoqda.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “qizil iblislar” 48 yoshli norvegiyalik mutaxassisga oyiga 975 ming evro maosh to‘lashga tayyor. Yangi kelishuv muddati esa 2024 yilgacha bo‘lishi kutilmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilga qadar imzolangan.
Sulsher "Manchester Yunayted"ni 2018 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning jamoasi hozircha APL musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar