
MYu Ronaldudan foydalanib Chempionlar ligasini yutadigan murabbiyni olib keladi
So‘nggi o‘yinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher iste’foga chiqarilishi mumkin.
"The Times" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, manchesterliklar norvegiyalik mutaxassis o‘rniga Zinedin Zidanni olib kelmoqchi. Frantsiyalik murabbiy ayni paytda ishsiz hisoblanadi. Uning so‘nggi ish joyi Madridning "Real" klubi bo‘lgandi.
MYu rahbariyati Zidan bilan avval ishlagan Krishtianu Ronaldu va Rafael Varan tufayli ushbu qarorga kelgani taxmin qilinmoqda. 49 yoshli mutaxassis qo‘l ostida Ronaldu o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini namoyish etgan.
"Qizil iblislar" joriy mavsum APL 11-turidan so‘ng 17 ochko bilan turnir jadvalining 6-pog‘onasida bormoqda.
Fikrlar