
MYu qishda ketadigan Pogbaning narxini e’lon qildi
“Manchester Yunayted” rahbariyati qishda jamoani tark etishi kutilayotgan Pol Pogbaning transfer narxini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, frantsiyalik yarim himoyachini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan jamoalar 50 million funt miqdorida kompensatsiya to‘lashi kerak. Bu Pogbaning asl narxidan ancha arzon. Chunki manchesterliklar jamoani ichki muhitini buzib yuborishi mumkin bo‘lgan o‘yinchidan tezroq qutilmoqchi.
Ma’lumki, “Manchester Yunayted” Pogbani qo‘lga kiritish uchun 2016 yilda “Yuventus”ga 105 million evro to‘lagan. Bu klub tarixidagi rekord ko‘rsatkich.
Pogbaning transfer summasi “Real” va “Yuventus”ning e’tiborini jalb qilish uchun 50 million funtga baholangani aytilmoqda. Arzonlashtirilgan transferni har qanday klub ham ko‘tara olmasligi tayin.
Pogba aslida “Real”da Zinedin Zidan bilan ishlashni orzu qilyapti. Frantsiyalik murabbiy klub rahbariyati unga bir necha o‘yinchilar, xususan Pogbani olib bermagani tufayli yozda ishdan ketmoqchi ekanini bildirgan edi.
Fikrlar