MYu qadrlamagan yulduzni Mourino va yana to‘rt klub chaqiryapti

  • 16 iyul, 2022, 14:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ni tark etgan ispaniyalik pleymeyker Xuan Mata o‘ziga yangi ish joyi topishga qiynalmaydigan ko‘rinadi.

Tecno

Evropa matbuotining yozishicha, tajribali futbolchini beshta klub o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Birinchi navbatda, “Manchester Yunayted”da Mataga ustozlik qilgan Joze Mourino uni Rimga olib kelmoqchi. Ma’lumki yaqinda, manchesterliklar jamoasidan ketgan Nemanya Matich ham portugaliyalik murabbiy qo‘l ostidan qo‘nim topdi.

Rimning ikkinchi klubi – “Latsio” ham ispan futbolchisini olib kelishga qarshi emas. Agar Mata Angliya premer-ligasida qolishni istasa, “Lids” taklifini qabul qilishi mumkin.

Bundan tashqari “Betis” Matani yurtiga qaytarmoqchi bo‘lyapti, “Marsel” esa uni Frantsiyaga chorlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!