MYu Pogbaga o‘rinbosar topdi
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati yarim himoyachi Pol Pogbaning jamoadan ketishiga tayyorlanmoqda.
The Independent nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar 26 yoshli frantsuz baribir "Old Trafford"dan ketadigan bo‘lsa, u holda MYu “Monako”dan Yuri Tilemansni sotib olishga harakat qiladi.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli belgiyalik futbolchi yakunlangan mavsumning ikkinchi qismini “Lester” safida ijarada o‘tkazdi va 13ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Pogbaga “Real” va “Yuventus”dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.



Fikrlar