
MYu o‘z hujumchisini sotish haqida o‘ylamoqda
"Manchester Yunayted" Antori Marsyal bilan xayrlashishni istamoqda.
"The Telegraph" nashri bergan xabarga ko‘ra, Angliya klubi o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini "Sevilya" safida ijarada o‘tkazgan forvardni sotishni istamoqda.
Ma’lumot uchun, andalusiyaliklar safida frantsiyalik forvard jami 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta samarali uzatma muallifiga aylangan.
"Qizil iblislar" uni 2015 yili "Monako"dan 50+30 million evro evaziga sotib olgandi.
Fikrlar