
MYu muxlislari "Barselona"ga qarshi o‘yindan oldin buni bilishlari kerak!
“Barselona” kecha La Liganing 21-turida safarda “Vilyarreal” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va shu tariqa o‘zining g‘alabali seriyasini 11 ta o‘yinga etkazdi.
Xavi jamoasi oxirgi marta 31 dekabr kuni g‘alaba qozona olmagan. O‘shanda ular Kataloniya derbisida "Espanol" bilan durang (1:1) qayd etishgandi.
Shundan buyon «Barselona» Ispaniya kubogida 3 ta, Ispaniya Superkubogida 2 ta (jumladan, «Betis»ga qarshi penaltilar seriyasida), chempionatda 6 ta o‘yinda g‘alaba qozongan.
“Barselona” o‘zining navbatdagi uchrashuvini UEFA Evropa ligasi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin 16 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar