
MYu "Lion"ga 50 millionlik taklif tayyorladi
"Lion" hujumchisi Mussa Dembele faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin, deya Foot Mercato xabar bermoqda.
Angliya klubi skautlari 23 yoshli futbolchini kuzatish uchun Frantsiya kubogi doirasida "Nant" bilan uchrashuvga tashrif buyurishgan. Ushbu o‘yinda Dembele bitta gol kiritishni uddaladi.
Manbaga ko‘ra, MYu hujumchi transferi uchun 50 million evrolik taklif tayyorlab qo‘ydi. Mankunianliklar ushbu transferni Markus Reshfordning jarohati sabab amalga oshirishga qaror qilishgan.
Ma’lumot uchun, Dembele "Lion" tarkibida joriy mavsumda Frantsiya chempionati doirasida 19 ta o‘yinda 11 ta gol kiritgan.
Fikrlar