
MYu ko‘zlagan futbolchini APLning boshqa klubi o‘z safiga qo‘shib oldi
“Brayton” o‘zining rasmiy sayti orqali “Independente del Vale” klubi yarim himoyachisi Moyses Kaysedoni sotib olganini e’lon qildi.
Ekvador terma jamoasining 19 yoshli a’zosi APL klubi bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzoladi. Sky Sports tarqatgan xabarga qaraganda, ushbu transfer “Brayton”ga 4,5 million funtga tushgan.
Bundan avvalroq, Kaysedoga “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Kaysedo joriy mavsum Ekvador chempionatida 8 ta o‘yinda maydonga tushgan va 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar