
MYu imkoniyatdan foydalanmoqchi
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga kirdi.
Britaniya matbuotiga ko‘ra, "qizil iblislar" kolumbiyalikning transfer narxini pasaytirganidan so‘ng, Xamesni qo‘lga kiritishga urinib ko‘rmoqchi.
Ta’kidlanishicha, MYu bosh murabbiyi Ule Gunnar-Sulsher Xames Rodrigesning iqtidoriga yuqori baho bermoqda. Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi "Real" libosida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, bittadan gol va golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar