
MYu futbolchisi haqidagi xabarlar yolg‘on bo‘lib chiqdi
"Manchester Yunayted" o‘zining niderlandiyalik yarim himoyachisi Donni van de Bekning xizmatlarini "Real"ga taklif qilgani haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, 24 yoshli futbolchiga ko‘plab klublardan qiziqishlar bor, ammo ular bilan bu borada hech qanday muzokaralar bo‘lmagan. Shu qatori "Real"dan ham hech qanday taklif kelib tushmagan.
Qayd etilishicha, agar yaqin haftalar ichida Sulsher unga ishonch bildirmasa, yanvarda “Manchester Yunayted”ni tark etadi.
Donni van de Bek joriy mavsum MYu safida bor yo‘g‘i 5 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.
Fikrlar